Sakkizinchi marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan Lionel Messi uzoq yillik faoliyati davomida eng muhim goli qaysi bo‘lganini aytdi.
- Men har doim eng muhim gollar bu Yevropa Chempionlar ligasi va jahon chempionati finalidagilari ekanini ta’kidlab kelganman.
O‘zim Chempionlar ligasi doirasida “Santyago Bernabeu”da “Real”ni 2:0 hisobida yengganimizda urgan golimni hech unutmayman, - dedi Lionel Messi.
Bu uchrashuv 2011 yili Chempionlar ligasm yarim finalida kiritilgan. O‘shanda Madriddan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan kataloniyaliklar javob o‘yinida 1:1 hisobida durang qayd etgan.
Lionel Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisobilanadi. Argentinalik yulduz aksariyat sovrinlarini Kataloniya klubida o‘ynagan davrda qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar