“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya premer-ligasining 12-turida “Brentford” darvozasiga ikkita to‘p kiritib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, misrlik futbolchi Angliya jamoalari safida urgan gollari sonini 200 taga yetkazib oldi.
Umumiy hisobda, Muhammad Saloh “Liverpul”da 198 ta, “Chelsi”da ikkita gol muallifi bo‘lgan.
31 yoshli futbolchi liverpulliklar tarkibida barcha turnirlarda 322 ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan Premer-ligada 147 ta, Yevrokuboklarda 44 ta, Angliya kubogida beshta, Liga kubogi va mamlakat Superkubogida bittadan to‘p kiritgan.
Salohning “Chelsi”dagi bir juft goli Angliya Premer-ligasi bahslariga to‘g‘ri kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar