Niderlandiya terma jamoasi va “Real”da to‘p tepgan Rafael van der Vaart hozir Osiyo futbolida porlayotgan Krishtianu Ronaldu va hamyurti Royston Drente bilan birga o‘ynagan davrini esga oldi.
- Drente Niderlandiya futboli tarixidagi eng zo‘r chap qanot himoyachisi hisoblanadi. “Real”dagi mashg‘ulotlar chog‘ida u Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘rardi.
Royston Ronalduni “jinni” qilib qo‘yardi. U juda tezkor va texnikasi zo‘r himoyachi edi, - dedi Rafael van der Vaart.
“Feyenoord” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Royston Drente 2007-2012 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilgan. Bu davrda Krishtianu Ronaldu jamoaning asosiy yulduzlaridan biri bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar