Jud Bellingem "Real" bosh murabbiyi Karlo Achelottini qaysi mavzuda xafsalasini pir qilishini aytdi.
- O‘tgan mavsum sen 11 oy ichida "Borussiya" safida 14ta gol urdingiz, hozir esa "Real" libosida 5 oy ichida 15ta gol urib, 4ta golli pas berdingiz. Muvaffaqiyatingiz siri nimada?
- Ishimda rivojlanish uchun bor kuchimni ishga solaman, ammo bunda mister Anchelottining hissasi ham bor, u menga maydonda to‘g‘ri pozitsiya tanladi va erkinlik berdi. Hozir uchyapman.
- "Real" ustozi seni maqtashda davom etyapti, u hatto sizni Kaka bilan taqqosladi...
- Shunday, ammo uni bir jabhada xafsalasini pir qilaman...
- Qaysi?
- Men haligacha ispanchada gapira olmayman... Kechirim so‘rayman, ammo bu tilni o‘rganishda kutilmagan to‘siqlarga duch kelyapman. Tan olaman, qiynalyapman. Har qanday holatda ham ispanchani o‘rganish uchun bor kuchimni ishga solaman.
- Kelajak uchun biror va’da berishni xohlamaysizmi?
- Men maqsadlari ko‘p va raqobatlashishni yaxshi ko‘radigan futbolchiman. "Golden Boy"ni oldim va olg‘a harakatlanishda davom etmoqchiman. Bu g‘alaba ko‘plab boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritishdagi start bayroqchasi bo‘ladi deb umid qilaman" - deydi "Real" yarim himoyachisi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring