“Real” rahbariyati yanvar oyining birinchi kuni PSJ forvardi Kilian Mbappega rasmiy taklif yuoradi. Bu haqda AS nashri xabar qildi.
Kilian Mbappe transferi bo‘yicha vaziyat mavhumligicha qolmoqda. 25 yoshli futbolchi PSJ taklif qilayotgan yangi kelishuvni qabul qilmayapti.
Yevropada qishki transferlar mavsumi ochildi va har qanday klub Mbappe bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazishi mumkin.
“Real” bundan unumli foydalanib qolmoqchi. Avvalroq, Yevropa matbuoti madridliklar Kilian Mbappega 15 yanvarga qadar transfer bo‘yicha qarorini aytishi kerakligini talab qilayotgani haqida axborot tarqatilgan.
Bunga qaramay, L'Équipe nashri PSJ klubi rahbariyati Kilian Mbappe Parijda qolishiga aminligini yozdi.
Demak, “Real” rasmiy taklif beradigan bo‘lsa, Kilian Mbappe tez kunlar ichida unga javob qaytarishi kerak bo‘ladi. Bu fransiyalik forvard tez orada kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi shartligini anglatadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring