
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning transferini 100 million yevroga amalga oshirish imkoni bor va bu summa “Real” rahbariyatini to‘liq qoniqtiradi, deb xabar tarqatdi Football Espana nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, norvegiyalik hujumchining o‘zida ham Madrid superklubida o‘ynash ishtiyoqi juda baland.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Angliya klublari “Manchester Siti” yulduzini transfer qiladigan bo‘lsa, xarajatlar 200 million yevrodan oshadi.
Biroq xorij klublarida Xolandni 100 million yevroga transfer qilish imkoni bor. “Real” rahbariyati Kilian Mbappe transferi barbod bo‘lgan taqdirda bor e’tiborini norvegiyalik hujumchiga qaratishi aytilyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing