
Xabaringiz bor, Bolgariyaning Sofiya shahrida an’anaviy “Stranja” turniri davom etmoqda. Bugun 7 nafar vakilimiz ringga ko‘tarilishi haqida ma’lum qilgandik. Hozirga kelib, 3 nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazib bo‘ldi.
Jumladan, -51 kg vazn toifasidagi vakilimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziyev turkiyalik Samet Gumusga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir -51 kg vazn toifasidagi bokschimiz Asilbek Jalilov Irlandiya vakili Nesbitt Riskeyni mag‘lub etdi.
Hozirgina -71 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov anchagina jiddiy raqib mo‘g‘ulistonlik Byamba-Erdene Otgonbaatarni 6:1 hisobida taslim etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Oldinda yana 4 nafar bokschimizning jangi bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar