
Manchester Siti” rahbariyati “Real”ga o‘tishi kutilayotgan Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
25 yoshli hujumchi PSJ xo‘jayinlariga yozda jamoani tark etishini aytgan. Asosiy da’vogar “Real” to‘purarga mo‘ljallangan maosh miqdorini pasaytirishga qaror qildi.
Bola Sport nashrining yozishicha, madridliklarning bu qarori Kilian Mbappega yoqmagan. “Shaharliklar” aynan mana shu vaziyatdan foydalanib, fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga umid bildirmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Mbappe “Qirollik klubi”ga maoshni biroz qisqartirishga rozi ekanini bildirgan. Lekin “Real” mutasaddilari moliyaviy sharoitlarni o‘yinchi kutmagan darajada o‘zgartirib yuborgan. Bu holat muzokaralarda jiddiy o‘zgarish bo‘lishiga olib kelishi aytilmoqda.
Avvalroq, Kilian Mbappening vakillaridan biri “Manchester Siti” bilan muzokara o‘tkazayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar