16:11 / 28.02.2024
181

Toni Kroos: “Xudo hammasini ko‘rib turibdi”

Toni Kroos: “Xudo hammasini ko‘rib turibdi”
Madridning “Real” klubi La Liganing 26-turida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik. Uchrashuvni Isidro Dias de Mera boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgan edi. Bosh hakamning jarohati sabab, o‘yin boshqaruvi zaxira hakami Fernandes Buergaga o‘tgan edi. “Real Madrid” yarim himoyachisi Toni Kroos “Real” va “Sevilya” o‘rtasidagi hakamlik masalasi to‘xtaldi.

Men o‘yin payti hakamlar bilan tortishadigan odamlar xilidan emasman. Men bunday ishlardan cheklanishga harakat qilaman, ammo hakamning xatolari juda ham o‘tib ketdi. Menimcha, birinchi bo‘limda hakam har bir vaziyatda hushtak chaldi.

Mening vaziyatimda esa men raqibdan bir metr uzoqlikda edim. Bu ahmoqlik! Men uning dribbling qilib menga urilib yiqilmoqchi ekanini sezib raqibdan uzoqlashdim. Hakam esa buni e’tiborsiz qoldirdi.

Xudo hammasini ko‘rib turibdi, balki shunga hakam jarohat olgandir. U, hattoki, noto‘g‘ri vaziyatda jarohat oldi. Uning o‘rnida harakat qilgan to‘rtinchi hakam ancha yaxshi boshqardi
”, — deydi Kroos Einfach mal Luppen podkastida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toni Kroos: “Xudo hammasini ko‘rib turibdi”