
Yevropa, ayniqsa, Ispaniya matbuoti PSJ hujumchisi Kilian Mbappening tez orada Madridga ko‘chib o‘tishi haqida ko‘p yozmoqda. Bir necha manbalar 25 yoshli forvard “Real” bilan shartnoma imzolab bo‘lgani, bu hujjat joriy yilning 1 iyulidan kuchga kirishi haqida axborot tarqatdi.
RMC Sport nashrining yozishicha, Kilian Mbappe o‘z kelajagi haqida ikki davlat rahbarlariga aniq ma’lumot aytgan. Yelisey qasrida tashkil etilgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Qatar amiri Tamim bin Xamad Ol Taniy ishtirokidagi tadbirga Kilian Mbappe ham taklif etilgan.
Bir necha guvohlarning ta’kidlashicha, Mbappe kelajagi va “Real” haqidagi savollarga javob berishdan qochmagan va “Qirollik klubi” bilan hamkorlik bo‘yicha hali aniq hech narsa qilinmaganini ta’kidlagan.
Bungacha, Kilian Mbappe “Real”ga o‘tishi yoki PSJda qolishi bo‘yicha savollarga aniq javob bermay kelayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar