09:56 / 03.03.2024
155

Nodirbek Abdusattorov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi!

Nodirbek Abdusattorov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi!
Chexiya poytaxti Praga shahrida Prague International Chess Festival turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Nodirbek musobaqaning 4-turidagi qiyin bahsda Gukeshga qarshi dona surishi haqida xabar bergan edik. Kecha, 2 mart kuni ushbu musobaqaning 5-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Mateush Bartelga qarshi dona surdi va yakunda raqibini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alaba Nodirbek Abdusattorovga qimmatli reyting ochkolari berdi va hozircha onlayn jadvalda jahonning beshinchi shaxmatchisi bo‘lib turibdi. Hamyurtimiz hisobida 2761.1 ochko mavjud. U amaldagi jahon chempionidan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Foto: 2700chess
Ushbu g‘alabadan so‘ng Nodirbek musobaqadagi ochkolarini 4 taga yetkazib birinchi o‘rinni saqlab turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi eronlik Parham Maghsoodlooda 3,5 ochko mavjud.

Foto: Praguechessfestival
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir natijalari va shaxmatchilarning to‘plagan ochkolari faqatgina turnir yakunidan so‘nggina rasmiy hisobga olinadi va xalqaro reyting ochkolariga qo‘shiladi.

Hozirda mart oyi uchun e’lon qilingan rasmiy reytingda Nodirbek dunyoning 11-raqamli shaxmatchisi bo‘lib turibdi.

Demak, Nodirbek Abdusattorovning ochkolari mart oyi yakunlari hisobotida e’lon qilinadi va 1 aprel sanasidagi reytingda qo‘shib hisoblanadi.

Fide reytingida yuqori o‘rinlarda borayotgan shaxmatchilar ham mart oyida musobaqalarda ishtirok etishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi!