
Kecha «Real Madrid» La Liganing navbatdagi turida «Osasuna»ni mag‘lub etdi.
Ushbu g‘alaba Karlo Anchelottining «Real Madrid» safida La Ligadagi 200-g‘alabasi bo‘ldi. Shu tariqa, murabbiy «Real Madrid» bosh murabbiyi bo‘lib ushbu natijaga erishgan ikkinchi murabbiyga aylandi.
Birinchi bo‘lib ushbu natijaga «Real Madrid» afsonasi Migel Munos erishgan. Murabbiy «Real Madrid» bilan La Liga 357 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan.
Biroq Anchelotti 200 talik dovonni Migel Munosdan ko‘ra tezroq bosib o‘tdi. U ushbu natijaga erishish uchun 277 ta uchrashuvda ishtirok etgan, Migel Munos esa 289 ta. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing