00:30 / 22.03.2024
942

O‘zbekiston g‘alabasiga Yevropadan qanday munosabat bo‘ldi?

O‘zbekiston g‘alabasiga Yevropadan qanday munosabat bo‘ldi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili AQSH, Meksika va Kanada hamkorligida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Osiyo qit’a saralash turnirining guruh bosqichi uchinchi turida Srechko Katanes shogirdlari Gonkong terma jamoasi bilan kuch sinashib, raqib maydonida 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

O‘yinning ikkinchi yarmida legioner o‘yinchilar – Eldor Shomurodov va Rustam Ashurmatov tomonidan kiritilgan gollar evaziga bosh jamoamiz saralash musobaqasidagi ochkolari sonini yettitaga yetkazib oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi g‘alabasiga Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari – Italiya va Fransiya ligalarida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov ham katta hissa qo‘shgani bois, ushbu mamlakatlar futbolini yoritayotgan nufuzli manbalar Gonkongdagi o‘yinga munosabat bildirdi.

Paola PASKALIS, TUTTOCAGLIARI.NET sayti eksperti:

Eldor Shomurodov jahon chempionatining saralash musobaqasi doirasida Gonkong va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biri bo‘ldi.

Ushbu bellashuv 2:0 hisobida o‘zbekistonlik g‘alabasi bilan yakunlandi. “Kalyari” hujumchisi bahsning 49-daqiqasida o‘zbeklarning birinchi golini kiritdi va g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Endi har ikki jamoa 26 mart kuni Toshkentda o‘zaro ikkinchi uchrashuvni o‘tkazadi.

Ignatsio KADDЕO, CALCIOCASTEDDU.IT sayti eksperti:

Gonkong va O‘zbekiston bellashuvning ikkinchi bo‘lim beshinchi daqiqasida Eldor Shomurodov raqib darvozasiga to‘p kiritib, muvozanatni buzdi. O‘yin 2:0 hisobida o‘zbeklar foydasiga hal bo‘ldi.

Amerika qit’asining bir necha mamlakatlari mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining saralash o‘yinida o‘zbekistonliklarning ikkinchi golini Rustam Ashurmatov urdi.

“Sampdoriya”ning sobiq futbolchisi Srechko Katanes boshqarayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z guruhidagi ochkolari sonini yettitaga yetkazgan holda, peshqadamlardan biri bo‘lib turibdi.

Klement KURTUA, LENSOIS.COM sayti eksperti:

Jahon chempionatining Osiyo mintaqasidagi saralash musobaqasi uchinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safar o‘yinida mezbonlar – Gonkong futbolchilarini 2:0 hisobida taslim qildi.

Abduqodir Husanov jamoadoshlari bu bellashuvda qiyinchiliksiz g‘alaba qozonganini ta’kidlash lozim. O‘zbeklar o‘yin tizginini ikkinchi bo‘limning boshida Eldor Shomurodov to‘p kiritganidan keyin o‘z qo‘liga oldi.

66-daqiqada Rustam Ashurmatovning golidan keyin o‘zbeklar hisobdagi farqni yiriklashtirdi. “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov g‘alabali uchrashuvda maydonda to‘liq harakat qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston g‘alabasiga Yevropadan qanday munosabat bo‘ldi?