06:42 / 10.04.2024
69

YECHL chorak finali. “Real” “Manchester Siti” bilan, “Arsenal” esa “Bavariya” bilan durang o‘ynadi

YECHL chorak finali. “Real” “Manchester Siti” bilan, “Arsenal” esa “Bavariya” bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 9 aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Real” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Bernardu Silva jarima zarbasidan hisobni ochdi. 12-daqiqada Kamavinganing zarbasi Diashga tegib, darvozaga kirib ketdi va hisob tenglashdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Rodriga madridliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda esa “Siti” faollikni oshirdi. 66-daqiqaga kelib, Fil Foden ajoyib zarba bilan muvozanatni tikladi. 71-daqiqada Yoshko Gvardiol ham jarima maydoni tashqarisidan zarba berib, “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada Federiko Valverde javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.

Yana bir chorak final bahsida “Arsenal” “Bavariya”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Londonliklar tarkibida Saka va Trossard o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Myunxen jamoasi safida Gnabri va Keynlar darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkala juftlikning ham javob o‘yinlari 17 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

YECHL1/4 final
9 aprel, seshanba

“Real” – “Manchester Siti” 3:3
Gollar
: 0:1 – 2 Bernardu Silva, 1:1 – 12 Ruben Diash (avtogol), 2:1 – 14 Rodrigo, 2:2 – 66 Foden, 2:3 – 71 Gvardiol, 3:3 – 79 Valverde.
“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Tchuameni, Mendi, Kroos (Braim Dias, 72), Valverde, Kamavinga, Bellinghem, Vinisius Junior (Xoselu, 86), Rodrigo (Modrich, 72).
“Manchester Siti”: Ortega, Akanji, Stounz, Ruben Diash, Gvardiol, Kovachich, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Alvares, 87), Holand.
Ogohlantirishlar: Tchuameni (1), Akanji (37), Karvaxal (81), Bernardu Silva (88).

“Arsenal” – “Bavariya” 2:2
Gollar
: 1:0 – 12 Saka, 1:1 – 18 Gnabri, 1:2 – 32 Keyn (penalti), 2:2 – 76 Trossard.
“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Zinchenko, 46), Jorjino (Gabriel Jezus, 67), Edegor, Rays, Havers (Parti, 86), Martinelli (Trossard, 66), Saka.
“Bavariya”: Noyer, Dayer, de Ligt, Devis, Goretska, Laymer, Kimmix, Sane (Koman, 66), Musiala, Keyn, Gnabri (Gerreyru, 70).
Ogohlantirishlar: Devis (9), Keyn (55), Parti (89).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL chorak finali. “Real” “Manchester Siti” bilan, “Arsenal” esa “Bavariya” bilan durang o‘ynadi