
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ikki kuchli jamoalar ishtirokidagi teng kurashni ko‘rdik. Biz ularning maydonida pressing qilayotgan vaqtimizda barchasi yaxshi kechayotgandi. Uchrashuvning boshida kiritilgan kutilmagan gol bizning rejalarimizga ta’sir qildi.
Biroq bundan so‘ng 60 daqiqa davomida ajoyib futbol ko‘rsatdik. Ammo keyin biz ikkita daxshatli gollarni o‘tkazib yubordik. Bu gollarni menimcha hech bir darvozabon qaytara olmasdi. Ikkinchi uchrashuvda ham bugungi kabi harakat qilamiz. Ko‘ramiz, balki keyingi bosqichga yo‘l olarmiz», — dedi Anchelotti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar