08:25 / 18.04.2024
95

“Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi!

“Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi!
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final javob o‘yinlari 17 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Real” safarda “Manchester Siti” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 12-daqiqasida madridliklar futbolchisi Rodrigo hisobni ochdi. Shundan so‘ng to‘p nazorati sekin-asta “shaharliklar”ga o‘tdi. Taym oxiriga qadar bir necha hujumlar bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limni esa Pep Gvardiola shogirdlari yana shturm bilan boshladi. Biroq, Madrid klubi himoyani mustahkam ushladi. Lekin 76-daqiqada “Siti” baribir Lunin darvozasiga yo‘l topdi. Dokuning uzatmasidan so‘ng Kevin de Bryuyne to‘pni o‘ziga moslab, darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham “Manchester Siti” dominantlik qilgan bo‘lsa ham, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa “Real Madrid” g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 3:3 hisobi bilan yakunlangan edi.

YECHL 1/4 final
17 aprel, chorshanba

“Manchester Siti” – “Real” 1:1
Penaltilar seriyasi
: 3:4
Gollar: 0:1 – 12 Rodrigo, 1:1 – 76 de Bryuyne.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akanji (Stounz, 112), Gvardiol, Foden, Grilish (Doku, 72), de Bryuyne (Kovachich, 112), Bernardu Silva, Rodri, Holand (Alvares, 90).
“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal (Militao, 110), Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 79), Valverde, Kamavinga, Bellinghem, Vinisius Junior (Vaskes, 102), Rodrigo (Braim Dias, 84).
Ogohlantirishlar: Karvaxal (38), Grilish (59), Gvardiol (61), Rodri (90), Mendi (90+4).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi!