
Foto: Getty Images
Granada shahri (Ispaniya) “Nuevo Los Karmenes” stadionida Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan uchrashuv 11 may kuni bo‘lib o‘tdi va unda mahalliy “Granada” “Real”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4).
Ushbu g‘alaba evaziga “Los-Blankos” tarixida uchinchi marta Ispaniya chempionatida 19 ta o‘yinda o‘z darvozasining daxlsizligini saqlab qoldi. Madridliklar safida Andrey Lunin 10 ta o‘yinda gol o‘tkazmagan, Kepa Arrizabalaga 7 ta, Tibo Kurtua esa 2 ta o‘yinda o‘z darvozasini himoya qila olgan.
Madridliklar ketma-ket ikki mavsumda La Ligada 19 ta quruq o‘yin o‘tkazgan: 1986—1987 va 1987—1988-mavsumlar. Shu tariqa ular 36 yil oldingi klub rekordini takrorladi.
Ushbu natijani yaxshilash uchun “Real Madrid”ning yana 3ta uchrashuvi bor. Jamoa mavsumning qolgan qismida “Alaves”, “Vilyarreal” va “Betis”ga qarshi bahs olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar