![Dunyoning eng qimmat futbol klubi ma’lum bo‘ldi](/uploads/posts/2024-05/x5fe58272a0_ctssix1lf4msbyiyiywq-y1yxyhps4rb.webp.pagespeed.ic.KRJOto78Dt.webp)
Foto: Getty Images
Ispaniyaning «Real Madrid» klubi ketma-ket uchinchi yil eng qimmat klublar reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubining qiymati 6,6 milliard dollarni tashkil etadi. Bu mavsumda klub Ispaniya chempioni bo‘ldi va Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylanishi mumkin. 1 iyun kuni finalda madridliklarga Dortmundning «Borussiya» klubi raqib bo‘ladi. «Real Madrid» 1981 yildan beri Chempionlar Ligasi finalida mag‘lub bo‘lmayapti. Shu bilan birga, sayyoramizning eng qimmat futbolchisi hisoblangan fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe yozda «Real»ga o‘tishi kutilmoqda.
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi (6,55 milliard dollar) Angliya chempionatida 1990 yildan beri eng yomon ko‘rsatkichga erishganiga qaramay, reytingda ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Jamoa Premiyer-ligada sakkizinchi o‘rinni egalladi va Yevrokuboklar hududiga kirmadi, ammo Angliya kubogi finalida «Manchester Siti»ni mag‘lub etgan taqdirda Yevropa Ligasida o‘ynashi mumkin.
Uchinchi o‘rinni joriy mavsumda birorta sovrin yuta olmagan «Barselona» (5,6 milliard dollar) saqlab qoldi. Yuqori o‘ntalikda shuningdek, Angliyaning «Liverpul» (5,4 milliard dollar), «Manchester Siti» (5,1 milliard dollar), Germaniyaning «Bavariya» (5 milliard dollar), Fransiyaning «PSJ» (4,4 milliard), Angliyaning «Tottenhem» (3,2 milliard dollar), «Chelsi» (3,1 milliard dollar) va «Arsenal» (2,6 milliard dollar) klublari bor.
Italiya chempionati klublari yuqori o‘ntalikka kira olmadi. «Yuventus» klubi (2,05 milliard dollar) 11-o‘rinni, «Milan» (1,4 milliard dollar) 14-o‘rinni, «Inter» (1 milliard dollar) 18-o‘rinni egalladi.
Angliya yuqori o‘ttiztalikda eng ko‘p vakilga ega (12 klub), undan keyingi o‘rinlarda Amerikaning MLS (9), Ispaniya, Italiya (ikkalasi ham 3), Germaniya (2) va Fransiya (1) chempionati bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Nima uchun jismoniy mashqlar va uqalash bel og‘rig‘idan xalos etmaydi? расм](/uploads/posts/2024-06/xd20605a296_6678ee40d2c1a.webp.pagespeed.ic._tGTZXI-9X.webp)
Nima uchun jismoniy mashqlar va uqalash bel og‘rig‘idan xalos etmaydi?
![O‘zbekiston o‘tgan 5 oyda 186 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi расм](/uploads/posts/2024-06/xf4119c3adb_d58332ac3020525293e32710afcfb359.webp.pagespeed.ic.tHMS3wPUFv.webp)
O‘zbekiston o‘tgan 5 oyda 186 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi
![Xitoyda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi расм](/uploads/posts/2024-06/x3a4837ac10_m4a0dnbt9cyngqs5ssfx1a3ja_3ifekt.webp.pagespeed.ic.FiNgDb_vXW.webp)
Xitoyda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
![Toshkentda mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi расм](/uploads/posts/2024-06/xa59d64303c_7cpfuvj02pz9llrwuro8acy_gdbtws_n.webp.pagespeed.ic.d8hg_cl4Ke.webp)
Toshkentda mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi
![Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi расм](/uploads/posts/2024-06/x44cf6ca454_uvurbo8yg0dmf5qssqk3wsof1whop5hj.webp.pagespeed.ic.yTwFAcG_jw.webp)
Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi
![Yevro-2024. Turklarda ahmoqona avtogol, saxiy Ronaldu va omadsiz Lukaku расм](/uploads/posts/2024-06/xf592215322_ugcdpjrxc9ipipgyuo5kddbag1abslfy_medium.webp.pagespeed.ic.F85ymv-QrH.webp)
Yevro-2024. Turklarda ahmoqona avtogol, saxiy Ronaldu va omadsiz Lukaku
![Sergey Lavrov: “G‘arb adolatli muzokaralardan bosh tortmoqda” расм](/uploads/posts/2024-06/x9a8f91077d_photo_2024-06-25_22-58-13-6-nop1nv.webp.pagespeed.ic.Xtc4kEb7Gn.webp)
Sergey Lavrov: “G‘arb adolatli muzokaralardan bosh tortmoqda”
!["Roma" hujumchisi faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettiradi расм](/uploads/posts/2024-06/x6dec9cd1d2_0327a9681b92e6519a4fbb431f4dfeb1.webp.pagespeed.ic.uIUCnOry1f.webp)
"Roma" hujumchisi faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettiradi