date
views 399

“Real” katta yangilikni e’lon qiladigan bo‘ldi

“Real” katta yangilikni e’lon qiladigan bo‘ldi
Futbol jamoatchiligini “Real” joriy yilning eng yirik va muhim transferi – PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Madrid klubiga o‘tganini qachon e’lon qilishi qiziqtirmoqda.

Jurnalist Fabris Xoukinsning ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” bu yangilikni 3-4 iyun kunlari rasman e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manbaning yozishicha, ayni paytda Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi.

Bir necha manbalar Kilian Mbappe “Real” bilan besh yillik shartnoma imzolab bo‘lganini yozmoqda. Unga ko‘ra, 25 yoshli hujumchi har mavsum uchun 15 million yevrodan maosh oladi.

Shuningdek, ispan grandi unga shartnoma imzolagani uchun 150 million yevro miqdorida bonus berishi kelishilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” katta yangilikni e’lon qiladigan bo‘ldi