date
views 376

Ronaldu “Real”ga o‘tgan Mbappega nimalar dedi?

Ronaldu “Real”ga o‘tgan Mbappega nimalar dedi?
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”ga o‘tgan fransiyalik hujumchi Kilian Mbappega murojaat qildi.

- “Santyago Bernabeu”da porlayotganingni ko‘rishdan xursand bo‘laman. Olg‘a, Madrid, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.

3 iyul kuni “Qirollik klubi” Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar besh yillik shartnoma tuzgan va unga ko‘ra, 25 yoshli hujumchi har mavsum uchun 15 million yevrodan maosh oladi. Bundan tashqari, Mbappega 150 million yevro bonus sifatida taqdim etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu “Real”ga o‘tgan Mbappega nimalar dedi?