
Kecha "Real" futbolchisi sifatida rasman tanishtirilgan Kilian Mbappe yangi klubi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men o‘zimni yengil his qilyapman. "Real"ga juda kamtarlik bilan boraman. "Qaymoqranglilar" dunyodagi eng katta klub. Prezident Florentino Peresga rahmat aytmoqchiman. U menga birinchi kundan boshlab ishondi", - dedi fransiyalik hujumchi.
Qayd etish lozim, Kilian "Real" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U yangi jamoasi safida 9 raqam ostida to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar