“Real” rahbariyati Kilian Mbappe transferini e’lon qilganidan keyin fransiyalik forvardga 9-raqamni berdi va shu raqam ostida futbolchi nomi bilan futbolkalarni sotuvga chiqardi.
El Chiringuito nashrining yozishicha, klub Mbappe nomi tushirilgan futbolkalar savdosini boshlab yubordi. Birinchi kunning o‘zidayoq, onlayn-do‘kon orqali Mbappening 7 mingdan ziyod futbolkasi 800 ming yevroga sotildi.
Ayni paytda “Qirollik klubi” 25 yoshli fransiyalik legionerni taqdimot marosimini tashkil etish bilan band. Tadbir 16 iyul kuni “Santyago Bernabeu”da o‘tkaziladi. Bu marosimda 110 mingdan ziyod muxlis ishtirok etish istagini bildirgan. Arena ko‘pi bilan 85 ming kishini sig‘dira oladi.
PSJ bilan shartnomasi yakunlangan Kilian Mbappe “Real” bilan besh yillik bitim tuzdi. Unga ko‘ra, mohir to‘purar yiliga 30 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, futbolchining samaradorligi alohida bonus bilan taqdirlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”