18:28 / 18.07.2024
200

Kilian Mbappe “Real”ga aslida qanchaga tushdi?

Kilian Mbappe “Real”ga aslida qanchaga tushdi?
Kilian Mbappe bundan keyingi faoliyatini “Real”da davom ettiradigan bo‘ldi. Hamkorlik shartnomasi tuzildi, o‘yinchiga raqam berildi, taqdimot marosimi ham o‘tkazildi.

Endi mashg‘ulotlar va “Real” safidagi debyut o‘yini kutilmoqda.

Xo‘sh, Madrid klubiga erkin agent sifatida kelgan mashhur hujumchi aslida qanchaga tushdi?

Manbalarning yozishicha, Kilian Mbappe erkin agent maqomida kelganiga qaramay, “Real” tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylandi. “Qirollik klubi” futbolchiga jamoa bilan shartnoma imzolagani uchun 115 million yevro miqdorida bonus beradi. Bu summa besh yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

Bonus miqdori turli natija va ko‘rsatkichlar, xususan, “Oltin to‘p”, “Oltin butsa”, La Liga to‘purarlar poygasidagi g‘alaba va qo‘lga kiritilgan sovrinlarga qarab o‘sib borishi belgilangan.

Mbappe “Real”ning eng katta maosh oladigan o‘yinchisi ham hisoblanadi. Uning yillik maoshi 30 million yevro qilib belgilangan bo‘lsa, soliqlardan keyin qo‘liga 15 million yevro tegadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kilian Mbappe “Real”ga aslida qanchaga tushdi?