
Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turida Madridning «Real» klubi o‘z maydonida Lissabonning «Sporting» jamoasini qabul qildi va qiyinchilik bilan irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda madridliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan. Ammo 47-daqiqada hisob «Sporting» futbolchisi Bruno Sezar tomonidan ochildi. Bu golga faqat 89 daqiqada Krishtianu Ronaldu javob berishga muvaffaq bo‘ldi.
90-daqiqada Alvaro Morata tomonidan kiritilgan yana bir gol madridliklarga irodali g‘alaba keltirdi.
EChL, 1-tur.
Real – Sporting 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 47 Bruno Sezar, 1:1 – 89 Ronaldu, 2:1 – 90 Morata.
Real Madrid – Kasilya, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos (Xames, 77), Beyl (Vaskes, 67), Benzema (Morata, 67), Ronaldu.
Sporting – Ruy Patrisiu, Joau Pereyra, Koates, Ruben Semedu, Zegelar, Jelson Martinsh (Markovich, 70), Adrien Silva (Elias, 73), Vilyam Karvalyu, Bruno Sezar, Dost, Ruis (Kempbell, 90).
Ogohlantirishlar: Adrien Silva (39), Vilyam Karvalyu (57), Zegelar (65), Kroos (75).
Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar