10:49 / 21.07.2024
215

Xoland “Real”ni emas, “Barsa”ni tanlagani sababi oshkor bo‘ldi

Xoland “Real”ni emas, “Barsa”ni tanlagani sababi oshkor bo‘ldi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland tezroq Angliya Premer-ligasini tark etib, “Real” safiga qo‘shilmoqchi ekani haqida ma’lumotlar tarqatilayotgan edi.

FourFourTwo nashrining yozishicha, norvegiyalik yulduz tanlovini va rejasini o‘zgartirgan. “Real” shu yoz o‘z safiga Kilian Mbappeni qo‘shib olganidan keyin Xoland Madrid klubiga o‘tish fikridan qaytgan.

Erling endi “Qirollik klubi”ning asosiy tarkibida muqim joy tegishiga amin emas. Shunga qaramay, u o‘z kuchini Ispaniya ligasida sinab ko‘rish istagida.

Manbaning ta’kidlashicha, Erling Xoland yaqin kelajakda “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga moyillik bildiryapti.

Xolandning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha imzolangan. Biroq bitimda 2025 yilning yozida futbolchini transfer qilish imkonini beradigan band borligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xoland “Real”ni emas, “Barsa”ni tanlagani sababi oshkor bo‘ldi