23:54 / 03.08.2024
212

IBA gender testidan o‘ta olmagan bokschilar qurbonlariga mukofot to‘laydi

IBA gender testidan o‘ta olmagan bokschilar qurbonlariga mukofot to‘laydi
Imon Xelif Foto: Reuters
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov gender testidan o‘ta olmagan bokschilarga mag‘lub bo‘lgan sportchilarga xuddi Olimpiada oltin medalidek mukofot to‘lanishini aytdi.

«IBA jabrlangan bokschilarni Olimpiadada birinchi o‘rinni olgandek mukofotlaydi. Biz barchani gender diskriminatsiyasidan himoya qilamiz», deb yozdi Kremlyov.

1 avgust kuni italiyalik bokschi Anjela Karini 47-sekundda jazoirlik Imon Xelifga qarshi jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raqibining zarbasidan keyin burnida qattiq og‘riq sezgan, muvozanatni yo‘qotgan va nafas olishda qiynalgan. 2 avgust kuni Karini sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

2 avgust kuni tayvanlik bokschi Lin Yuyti Olimpiada turnirida O‘zbekiston vakili Sitora Turdibekovani mag‘lub etdi. Turdibekova mag‘lubiyatni ko‘zida yosh bilan qabul qildi va raqibini qutlashni istamadi.

Avvalroq, Imon Xelif va Lin Yuyti IBA gender testidan o‘tolmagan va ayollar o‘rtasidagi musobaqalardan chetlatilgan edi.

Biroq, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bu borada o‘z testini o‘tkazdi va har ikkala sportchining ayollar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berdi.

Imon Xelif va Lin Yuyti bilan bog‘liq vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Avvalroq, IBA Olimpiada boks turniri g‘oliblariga 100 ming dollar miqdorida mukofot to‘lashini e’lon qilgan edi.

Qayd qilish joiz, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi IBA tashkilotini tan olishi haqidagi qarorni bekor qilgan. XOQ olimpiada boks turnirini mustaqil ravishda o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » IBA gender testidan o‘ta olmagan bokschilar qurbonlariga mukofot to‘laydi