Foto: “Sports”
Qozog‘istonlik bokschi Saken Bibossinov Parij Olimpiadasida O‘zbekiston vakiliga mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng yurtdoshlariga murojaat qildi.
“Hurmatli qozoq xalqi!
Tokio Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritganimda, Parij Olimpiadasiga qaytib, oltin medalni qo‘lga kiritaman va maqsadimga erishaman, deb o‘ylab, shu yerga keldim. Men bu Olimpiadani intiqlik bilan kutgandim. Men o‘z mamlakatimga “oltin” olib kelmoqchi edim. Ko‘k bayrog‘imiz hilpirab, madhiyamiz yangrashini xohlagandim. Hammasi biz xohlagandek bo‘lmadi. Menimcha, men yaxshi jismoniy formada edim. Menga bir oz omad yetishmadi, shekilli. Ammo, Xudoga shukur, qozoq xalqi sharafini himoya qilish baxtiga muyassar bo‘ldim.
Meni g‘alaba va mag‘lubiyatlarda qo‘llab-quvvatlagan barchangizga rahmat aytaman. Yaxshi so‘zlaringiz uchun rahmat!”, deb yozdi Saken o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Vazni 51 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqaning chorak finalida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatov Saken Bibossinovni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Yarim finalda Rio Olimpiadasi chempioni Kabo-Verde vakili David de Pinani mag‘lubiyatga uchratib Olimpiada finaliga yo‘l oldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”