date
views 84

Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappega qanday baho berdi?

Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappega qanday baho berdi?
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasi “Real”da o‘ynayotgan Kilian Mbappe jahon futbolida katta natijalarga erisha olishiga ishonishini aytdi va buning sabablarini keltirib berdi.

- Mbappe o‘z vazifasini yaxshi uddalay oladi, deb o‘ylayman. Chunki bu klubda ichki muhit to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, ajoyib tizim tadbiq qilingan, zo‘r murabbiy va anchadan beri samarali ishlayotgan prezident bor, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Jahon futbolining eng qimmatbaho yulduzlaridan bo‘lgan Kilian Mbappe ilk bor legioner sifatida to‘p tepmoqda. 25 yoshli to‘purar ilgari Fransiyada “Monako” va “Pari Sen-Jermen” klublari sharafini himoya qilgan.

Erkin agent sifatida Madridga kelgan fransiyalik futbolchi “Qirollik klubi” bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappega qanday baho berdi?