06:29 / 03.10.2024
5

YECHL. “Real” va “Bavariya”da mag‘lubiyat, “Liverpul” va “Yuventus”da esa g‘alaba

YECHL. “Real” va “Bavariya”da mag‘lubiyat, “Liverpul” va “Yuventus”da esa g‘alaba
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 2 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Real” safarda “Lill” mehmoni bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida Devid tomonidan penaltidan urilgan gol fransuz klubiga kichik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

“Bavariya” esa “Aston Villa”ga mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 79-daqiqada Duran tomonidan kiritildi.

“Liverpul” o‘zida “Bolonya”ni qabul qildi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Mak Allister hisobni ochdi. 75-daqiqada Saloh ajoyib gol bilan hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va mersisaydliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Yuventus” “Leypsig” ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi. Turinliklar tarkibida Vlahovich dubl qayd etgan bo‘lsa, Konseysau bitta gol muallifiga aylandi. Nemis klubi safida Sheshko ikkita gol urdi.

Shuningdek, “Benfika” “Atletiko”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi, “Dinamo” Zagreb “Monako” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

YECHL
2-tur

2 oktyabr, chorshanba

“Lill” – “Real” 1:0
Gol:
1:0 – 45+2 Devid (penalti).
“Lill”: Shevale, Gudmundsson, Alessandro, Diakite, Santush, Andre, Buaddi, Bakker (Mene, 88), Kabella (Saxraui, 72), Jegrova, Devid.
“Real Madrid”: Lunin, Mendi (Fran Garsiya, 46), Ryudiger, Militao (Mbappe, 57), Karvaxal, Bellingem, Kamavinga (Gyuler, 67), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior, Endrik (Modrich, 57).
Ogohlantirishlar: Endrik (46), Kamavinga (59), Bellingem (78), Ryudiger (79), Modrich (81), Devid (90+3), Diakite (90+6).

“Aston Villa” – “Bavariya” 1:0
Gol
: 1:0 – 79 Duran.
“Aston Villa”: Martines, Din, Pau Torres, Diego Karlos, Konsa, Tilemans, Onana (Barkli, 60), Remzi (Beyli, 27), Filojin-Baydeys, Rojers, Uotkins (Duran, 70).
“Bavariya”: Noyer, Devis, Kim Min Chje (Goretska, 86), Upamekano, Laymer (Tel, 86), Pavlovich (Palinya, 76), Kimmix, Olise (Sane, 66), Koman (Musiala, 46), Gnabri, Keyn.
Ogohlantirishlar: Upamekano (21), Gnabri (66), Matsen (90+1), Diego Karlos (90+4), Duran (90+5).

“Liverpul” – “Bolonya” 2:0
Gollar
: 1:0 – 11 Mak Allister, 2:0 – 75 Saloh.
“Liverpul”: Alisson, Robertson (Simikas, 72), van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Bredli, 85), Mak Allister, Gravenberx, Soboslai (Jons, 86), Dias (Gakpo, 72), Saloh, Nunes (Diogu Jota, 61).
“Bolonya”: Skorupski, Miranda, Lukumi, Bekema (Kazale, 62), Posh, Froyler (Fabbian, 84), Moro, Urbanski (Ebisher, 61), Ndoye (Iling, 79), Orsolini, Dallinga (Kastro, 79).
Ogohlantirishlar: van Deyk (26), Bekema (39), Konate (39), Robertson (55), Ebisher (67), Simikas (90).

“Leypsig” – “Yuventus” 2:3
Gollar
: 1:0 – 30 Sheshko, 1:1 – 50 Vlahovich, 2:1 – 65 Sheshko (penalti), 2:2 – 68 Vlahovich, 2:3 – 82 Fransishku Konseysau.
“Leypsig”: Gulachi, Raum, Lukeba, Orban, Gertryuyda (Vermeren, 87), Simons, Aydara (Nusa, 75), Zayvald (Poulsen, 87), Baumgartner (Xenrixs, 46), Sheshko, Openda (Andre Silva, 90+1).
“Yuventus”: Di Gregorio, Kambyazo, Bremer (Gatti, 7), Kalulu, Savona (Duglas Luis, 61), Fajoli, Makkenni, Kopmeyners, Yildiz (Perin, 60), Gonsales (Fransishku Konseysau, 12), Vlahovich.
Ogohlantirishlar: Raum (79), Fransishku Konseysau (85).
Chetlatish: Di Gregorio (59).

“Benfika” – “Atletiko” 4:0
Gollar
: 1:0 – 13 Aktyurkoglu, 2:0 – 52 Di Mariya (penalti), 3:0 – 75 Ba, 4:0 – 84 Kekchyu (penalti).

“Dinamo” – “Monako” 2:2
Gollar
: 1:0 – 45+3 Suchich, 2:0 – 66 Baturina, 2:1 – 74 Salisu, 2:2 – 89 Zakariya (penalti).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. “Real” va “Bavariya”da mag‘lubiyat, “Liverpul” va “Yuventus”da esa g‘alaba
ePN