11:36 / 18.10.2024
16

Xoland transferi yangi jahon rekordi bo‘ladi...

Xoland transferi yangi jahon rekordi bo‘ladi...
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland yozda Angliya Premer-ligasini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

Norvegiyalik futbolchining o‘zi klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda va hujjatga o‘zini 120 million yevroga transfer qilish huquqini beruvchi band kiritilishini talab qilyapti.

Manchesterliklar hozirgi kunda transfer summasi 200 million yevroga yetgan yulduzni arzon qo‘yib yubormoqchi emas.

Transfer News Live va TEAMtalk kabi manbalarning ma’lum qilishicha, Erling Xoland transfer qilinadigan bo‘lsa, unga sarf qilinadigan mablag‘ yangi rekord sifatida qayd etiladi.

Hozircha bu rekord Neymarga tegishliyu PSJ 2017 yili braziliyalik hujumchi uchun “barselona2ga 222 million yevro to‘lagan.

24 yoshli Xolandga ayni paytda “Real”, “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” jiddiy da’vogarlik qilmoqda. Erlingning o‘ziga Ispaniya varianti ma’qul kelayotgani aytilyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xoland transferi yangi jahon rekordi bo‘ladi...