
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Barselona" (0:4)dan La Liga 11-turida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Bayer"ning ispaniyalik bosh murabbiyi Xabi Alonsoning klubga kelish jarayonini tezlashtirdi.
Ayni damda Peresning "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgan. Italyan mutaxassis "qirollik klubi" prezidentiga yozda Kilian Mbappe kelishidan so‘ng "mag‘lub bo‘lmas jamoa"ga aylanishga va’da bergandi.
Anchelotti shuningdek rejada bo‘lmagan bo‘lsa ham, chap himoyachi Ferlan Mendi bilan shartnomani uzaytirishni talab qilgan. "Barselona" bilan o‘yindagi yirik mag‘lubiyat esa vaziyatni faqatgina og‘irlashtirdi.
Alonsoning "Bayer" bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan, ammo unda kelayotgan yozda nemis klubidan ketish imkonini beruvchi band bor va Peres shundan foydalanmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar