00:28 / 28.10.2024
72

Ispaniyada Mbappening “po‘stagini qoqishyapti”

Ispaniyada Mbappening “po‘stagini qoqishyapti”
La Liganing 11-turida “Real” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ashaddiy raqibi “Barselona”ga mag‘lub bo‘lganidan keyin madridliklar tanqid ostida qolib ketdi.

Ayniqsa, mag‘lubiyatning yirik ko‘rinishda bo‘lgani, “Real” yetakchilarining kutilgan darajada o‘ynay olmagani ko‘p tanqid qiliyapti.

Ispaniyaning yetakchi narshlari Kilian Mbappega bosim o‘tkaza boshladi. Buni quyidagi ma’lumotlar orqali bilib olish mumkin.

Marca:
PSJning sobiq futbolchisi hali o‘zidan kutilayotgan darajaga chiqa olmabdi. “Barselona” kabi raqibga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlar oldinga qadam tashlash va o‘zini ko‘rsatish uchun juda zo‘r imkoniyat.

Mbappe hech bo‘lmaganda bitta gol urishi kerak edi. Lekin u avvalgi yillardek samarali va qat’iyatli o‘yin ko‘rsata olmadi.

AS:
Madridliklarning asosiy yulduzi Mbappe o‘zi uchun birinchi “el klasiko”da hech narsa qila olmadi. Sakkiz marta o‘yindan tashqari holatga tushib qolganini o‘yin uning uchun barbod bo‘lganini bildiradi. Mbappe raqib qarshisida zaif ko‘rindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniyada Mbappening “po‘stagini qoqishyapti”