«Real Madrid» futbol klubi endi ular uchun «Oltin to‘p» kabi mukofot yo‘qligini aytdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra qirollik klubining fikricha, agar Vinisius Junior bo‘lmasa, unda Dani Karvaxal sovrinni qo‘lga kiritishga loyiq edi, ammo «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri emas.
Sovrinni Vinisius o‘rniga yarim himoyachi Rodri qo‘lga kiritishi haqida xabarlar tarqaldi.
«Real Madrid» ovoz berish natijalaridan hayratda va klubdan hech kim taqdirlash marosimida qatnashmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni «Real» Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Taqdirlash marosimi 28-oktabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
«Oltin to‘p» - har yili Fransiyaning France Football jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan futbol mukofoti. Umuman olganda, futbolchi uchun eng nufuzli individual mukofot hisoblanadi. Birinchi «Oltin to‘p» 1956 yilda berilgan.
2023 yilda bu mukofotni 2022 yil dekabr oyida Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan argentinalik futbolchi Lionel Messi olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”