
France Football bosh muharriri Vensan Garsiya “Oltin to‘p” mukofotini jamoatchilik kutilmalari va mish-mishlarga zid ravishda “Real” hujumchisi Vinisius emas, balki “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri olgani sababini aytib o‘tdi.
“Shubhasiz, Vinisius Bellingem va Karvaxalning kuchli beshlikda bo‘lgani uchun qiynaldi, chunki matematik jihatdan bu undan bir necha ochko olib qo‘ygan.
Shuningdek, “Real Madrid”ning bir necha o‘yinchilari ajoyib o‘yin ko‘rsatgan mavsum yakunlari sarhisob qilindi va hakamlar hay’ati o‘z qarorlarini ular o‘rtasida taqsimladi, bu Rodri foydasiga ishladi”, deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, sovrin uchun da’vogarlar beshligiga “Real”ning uch nafar futbolchisi kirgan: Vinisius, Dani Karvaxal va Jud Bellingem. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar