date
views 134

Vinisius uchun “Real” talab qilgan 1 milliard yevro to‘laydigan klub topildi

“Real” yulduzi Vinisius Juniorning “Qirollik klubi”dan ketishi haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topadigan ko‘rinadi.
Vinisius uchun “Real” talab qilgan 1 milliard yevro to‘laydigan klub topildi
Vinisius 2025 yilda Madridni tark etishi mumkin. Unga hozirning o‘zida PSJ va “Manchester Yunayted” xaridor bo‘lmoqda.

“Real” xo‘jayinlari ham braziliyalik to‘purarni tarkibda saqlab qolmoqchi va unga yangi shartnoma tayyorlayapti. Biroq “Real” 1 milliard yevrolik taklif bo‘lsa, Vinisius Juniorni qo‘yib yuborishini bildirgan.

Odatda, katta klublar o‘z yulduzini uzoq muddat saqlab qolish uchun badal puli miqdorini hech kim to‘lamaydigan qilib belgilaydi.

El Gol Digital nashrining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi madridliklar Vinisiusga belgilagan bir milliard yevro miqdoridagi badal pulini to‘lashga rozi bo‘lgan.

Agar bu transfer amalga oshadigan bo‘la, jahon futboli tarixidagi eng qimmatbaho savdo sifatida barcha rekordlarni yo‘qqa chiqaradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisius uchun “Real” talab qilgan 1 milliard yevro to‘laydigan klub topildi