Kecha gol urgan Mbappe tanqidlarga qanday javob qaytardi?

Kecha gol urgan Mbappe tanqidlarga qanday javob qaytardi?
Ispaniya chempionatining 16-turida “Real” safar uchrashuvida mezbon “Jirona” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. O‘yinga yakuniy nuqtani uchinchi golni urgan Kilian Mbappe qo‘ydi.

Bellashuvdan keyin fransiyalik hujumchi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Omadsiz uchrashuvlardan keyin gol urish qanday bo‘lganini so‘rayapsizlar. Bu ishimning bir qismi. Men jamoaga yordam beryapman, buni har bir uchrashuvda uddalash harakatidaman. O‘yinda xarakter ko‘rsatish va g‘alabaga yordam berishga urinyapman, - dedi Kilian Mbappe.

Kilian Mbappe Ispaniya superklubidagi debyut mavsumida barcha turnirlarda 21 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar