date
views 232

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati finalida 10 nafar o‘zbekistonlik

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati finalida 10 nafar o‘zbekistonlik
Tailandda yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qit’amizdagi yetakchiligini yana bir bor namoyish etmoqda.

Bugun erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan yarim final janglarida ringga ko‘tarilgan 11 nafar bokschimizdan 10 tasi g‘alaba qozonib, 11 dekabr kuniga belgilgangan final bosqichiga yo‘l oldi. Shu tariqa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ishtirokchi davlatlar orasida eng ko‘p finalchiga ega bo‘ldi.

Bugungi natijalar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Bryan Barikuatro (Filippin) 5:0
-51 kg: Asilbek Jalilov - Pasindu Godakandalage (Shri-Lanka) 5:0
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Elmir Nabiyev (Ukraina) 5:0
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Klark Bautista (Filippin) 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Eshley Fajardo (Filippin) 3:0
-67 kg: Mujbillo Tursunov - Bunjong Sinsiri (Tailand) 5:0
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Byamba-Erdene Otgonbaatar (Mo‘g‘iliston) 4:1
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Cheng-En Liu (Xitoy Taypeyi) nokaut
-80 kg: To‘rabek Habibullayev - Yerassil Jakpekov (Qozog‘iston) 4:3
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Ahmadjon Saidov (Tojikiston) 5:0
+92 kg: Jahongir Zokirov - Oybek Oralbay (Qozog‘iston) 0:5
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha Osiyo chempionati finalida 10 nafar o‘zbekistonlik