
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025 yilning aprel oyida Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U17 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi mexanizmi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2025 yil 23 yanvar kuni o‘tkaziladigan qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U17 terma jamoasi 2-savatchadan o‘rin olgan:
1-savatcha
Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
Yaponiya
Koreya Respublikasi
Eron
2-savatcha
Avstraliya
Yaman
O‘zbekiston
Tojikiston
3-savatcha
Tailand
Vetnam
O‘mon
Afg‘oniston
4-savatcha
Xitoy
Indoneziya
KXDR
BAA
Ma’lumot o‘rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so‘nggi uchta Osiyo kubogida (Hindiston-2016, Malayziya-2018 va Tailand-2023) erishilgan natijalarni hisobga olgan.
Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar