Krishtianu Ronaldu: “Real” bu mavsum yomon oʻynayotgan boʻlsa ham “Barselona”dan oldinda

Krishtianu Ronaldu: “Real” bu mavsum yomon oʻynayotgan boʻlsa ham “Barselona”dan oldinda
“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi hozirda “An-Nasr” klubida toʻp tepayotgan Krishtianu Ronaldu “qirollik klubi” va Saudiya Pro-ligasi haqida gapirdi.

“Menga koʻplab odamlar joriy mavsum “qaymoqranglilar” juda yomon oʻyin oʻtkazayotganini aytishdi. Biroq, biz turnir jadvaliga qarasak “Real” “Barsa”dan yuqorida ekanligini koʻrishimiz mumkin.

Saudiya Pro-ligasi haqida gapiradigan boʻlsam, bu chempionat Liga 1 dan kuchli. Qolgan klublarga xurmat saqlagan holda aytaman, Fransiyada faqatgina PSJ klubi bor xolos. Agarda gapimga qoʻshilmasangiz 38, 39 va 40 gradusda futbol oʻynab koʻrishingizni tavsiya beraman
” – deya ta'rif berib oʻtdi portugliyalik hujumchi.

Ma'lumot oʻrnida, 39 yoshli forvard madridliklar safida 438 ta uchrashuvda ishtirok etib, 450 ta gol va 131 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar