22:45 / 02.01.2025
7

Karlo Anchelotti La Ligadagi chempionlik poygasiga qanday baho berdi?

Karlo Anchelotti La Ligadagi chempionlik poygasiga qanday baho berdi?
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Valensiya”ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis Ispaniya La Ligasidagi raqiblari “Barselona” va “Atletiko Madrid” bilan boʻlayotgan kurash haqidagi savolga javob berdi.

Biz uchun “Atletiko” ham “Barsa” ham chempionlik kurashidagi ikkita bir xil raqib hisoblanadi. Noyabr oyida jamoam bilan birga bir nechta muammolarga duch kelgan edik. Yilning soʻnggida esa kataloniyaliklar bilan ham shunday voqea roʻy berdi. Shu bois, hozirda uch klub ham chempionlik uchun teng imkoniyatlarga ega va eng asosiy favorit ham hisoblanishadi” – deya, ta'rif berib oʻtdi italiyalik bosh murabbiy.

Xabaringiz bor, “matraschilar” 18 ta uchrashuv oʻtkazib, 41 ochkoga ega boʻldi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Qaymoqranglilar” esa 18 ta toʻqnashuvdan soʻng 40 ochko jamgʻarib, 2-oʻrinni band qilayotgan boʻlsa, Flik boshchiligidagi “koʻk-anorranglilar” 19 ta oʻyinda ishtirok etib, 38 ochko toʻplagan holda 3-pogʻonani egalladi.

Eslatib oʻtamiz, Ispaniya La Ligasining 12-turidan oʻrin olgan “Real Madrid” va “Valensiya” toʻqnashuvi ma'lum sabablarga koʻra, qoldirilgan edi. Mazkur bahs 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport