“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Las-Palmas”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Jamoaning oxirgi o‘yinlari haqida
“Menga so‘nggi o‘yinlarda jamoamiz yomon o‘ynayotganini aytishdi. Ammo shuni ta’kidlashim kerakki, hozirda biz La Liganing turnir jadvalida yetakchilik qilyapmiz. Bu esa tanqid qiluvchilar uchun yetarli javobdir.”
Jamoaning o‘yin sifati haqida
"Madrid La Liganing eng yaxshi jamoasimi? Biz o‘zimizni eng yaxshisi deb ayta olmaymiz. Hech bir jamoa mukammal emas. Biz futbolchilarimiz imkoniyatlari va sifatidan kelib chiqib, o‘yin o‘tkazishga harakat qilyapmiz."
Jarima zarbalari haqida
"Agar kimlar 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshiradi, deb so‘rasangiz, javobim shunday: Vinisius, Mbappe va Bellingem."
Muxlislar reaksiyasi haqida
"“Bernabeu”dagi hushtakbozlik og‘ir botadi, chunki bu bizning muxlislarimizdan keladi. Biroq, menimcha, bu bizga yordam berdi. Futbolchilar tezda bu vaziyatga javob berishdi va o‘zlarini ko‘rsatishdi."
Alabaning qaytishi haqida
"Alabaning safga qaytishi barchamiz uchun quvonchli. Siz buni futbolchilar va stadion muxlislarining reaksiyasidan ko‘rdingiz. Maydonga faqat ajoyib futbolchi emas, balki haqiqiy yetakchi va yo‘lboshchi qaytganini hamma angladi."
Anchelottining bu so‘zlari jamoaning holati va muxlislar bilan o‘zaro munosabatlarini ochib berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar