Erling Holand Abduqodir Husanovni qanday qoʻllab-quvvatlaganini koʻring (video)

Futbol boʻyicha Angliya chempionatining 23-tur, markaziy bahsi “Manchester Siti” — “Chelsi” (3:1) oʻyinidan keyin “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand Abduqodir Husanovning debyuti haqida iliq fikr bildirdi. Uning aytishicha, Husanov – yaxshi markaziy himoyachi.
“Bu uning ilk uchrashuvi edi. Asabiylik, hayajon - bunday vaziyatlarda normal holat. Men oʻzimning ilk oʻyinimni eslayman. Oʻshanda Angliya Superkubogi doirasida ”Liverpul“ga qarshi maydonga tushgandim. Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz”, - dedi “Manchester Siti” etakchisi.
Bundan tashqari “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand oʻyin davomida Abduqodir Husanovni foydali harakatlari uchun ham bir necha marta qoʻllab-quvvatladi. Buni quyidagi videolar koʻrsatib turibdi.
Mazkur videoda oʻyinning 2-daqiqasida Abduqodir boshlagan hujum uchun Holand uni olqishlamoqda.
Ushbu videoda esa norvegiyalik uning "podkati”ga ijobiy reaktsiya bildirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Bu uning ilk uchrashuvi edi. Asabiylik, hayajon - bunday vaziyatlarda normal holat. Men oʻzimning ilk oʻyinimni eslayman. Oʻshanda Angliya Superkubogi doirasida ”Liverpul“ga qarshi maydonga tushgandim. Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz”, - dedi “Manchester Siti” etakchisi.
Bundan tashqari “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand oʻyin davomida Abduqodir Husanovni foydali harakatlari uchun ham bir necha marta qoʻllab-quvvatladi. Buni quyidagi videolar koʻrsatib turibdi.
Mazkur videoda oʻyinning 2-daqiqasida Abduqodir boshlagan hujum uchun Holand uni olqishlamoqda.
Ushbu videoda esa norvegiyalik uning "podkati”ga ijobiy reaktsiya bildirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…