10:13 / 02.02.2025
212

Karlo Anchelotti jamoasining kutilmagan magʻlubiyatiga qanday munosabat bildirdi?

Karlo Anchelotti jamoasining kutilmagan magʻlubiyatiga qanday munosabat bildirdi?
Ispaniya chempionati peshqadami “Real” musobaqa autsayderlaridan biri “Espanol” maydonidan magʻlubiyat bilan qaytdi.

Bellashuvdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kutilmagan magʻlubiyatga munosabat bildirdi.

- Bu uchrashuv juda qiyin oʻtdi. Ayrim jihatlarda biz ustunlik qildik. Masalan, oʻyinda nazoratni ushlab turdik. Ayniqsa, ikkinchi boʻlimda juda koʻp vaziyatlar yaratdik.

Biroq urgan golimiz hisobga olinmadi, bir zarba ustunga tegib qaytdi, raqib darvozasiga kamida 20 ta zarba yoʻlladik.

Oʻyin bizning nazoratimizda oʻtganiga qaramay, “Espanol” juda yaxshi oʻynadi. Bizni nozik pallada tutib oldi va toʻp kiritdi. Bu ular yutishni juda qattiq istagan oʻyin edi, - dedi Karlo Anchelotti.

Magʻlubiyatga qaramay, “Qirollik klubi” futbolchilari musobaqa jadvalida 49 ochko bilan peshqadamlik qilishni davom ettirmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport