
Ispaniya chempionatining 22-turida musobaqa peshqadami “Real” safar uchrashuvida “Espanol”ga kichik hisobda yutqazib qoʻydi.
Uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qilgan “Espanol”ning chap qanot himoyachisi Karlos Romero raqib hujumchisi Kilian Mbappedan uzr soʻradi.

Bellashuvning 60-daqiqasida himoyachi Mbappega orqadan podkat tashlab, uni yiqitdi. Lekin hakam uni haydamadi. Natijada aynan Romero 85-daqiqada “Real” darvozasini ishgʻol qildi.
- Men Mbappeni toʻxtatish imkonsizligini bilaman, uni qoʻlimdan kelgancha ushlab qolishga harakat qildim. Toʻgʻri, qilgan ishim xunuk boʻldi, men undan uzr soʻradim. Bu vaziyat janjalga bormadi, hammasi maydonda qoldi, - dedi Kaolos Romero.
Koʻpchilik, xususan, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Mbappe yiqitilgan vaziyatda Romeroga qizil kartochka berilishi kerakligini ta'kidlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar