Krishtianu Ronaldu fransiyalik futbolchi Kilian Mbappening "Real Madrid" klubida markaziy hujumchi nuqtasidagi oʻyini haqida gapirdi.
"Hujumchi pozitsiyasi Mbappe uchun barchasini qiyinlashtirmoqda, sababi, menimcha, u bu rol qanday bajaralishini bilmayapti... Gap bu Kilianning qoʻlidan kelmasligida emas, bu shunchaki uning pozitsiyasi emas.
Agarda men "Real"da boʻlganimda, unga "toʻqqizlik" boʻlib harakat qilishni oʻrgatgan boʻlardim. Sababi [boshida] men ham markaziy hujumchi boʻlmaganman. Men sekin-asta markaziy hujumda oʻynashga koʻnikib borganman. Hozir odamlar avvallari men qanot vakili sifatida toʻp tepganimni esdan chiqarib qoʻyishmoqda.
Kilian odatiy hujumchi boʻlishi kerak emas. Uning oʻrnida boʻlganimda, hujumchi Krishtianu Ronalduning oʻyinidan oʻrnak olgan boʻlardim", – dedi portugaliyalik futbolchi Edu Agirrega intervyu vaqtida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar