![Magnus Karlsen FIDE prezidentidan nega iste'fo soʻramoqda?](/uploads/posts/2025-02/1dae8fbce4f8e91b74d0ee9e31bb9.webp)
Shaxmat boʻyicha besh karra jahon chempioni, shvetsiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen FIDE Prezidenti Arkadiy Dvorkovichga murojaat qildi.
"Oʻyinchilarni majburlash, vakolatdan notoʻgʻri foydalanish va bajarilmagan va'dalar.
FIDE prezidenti Dvorkovich, meni Nyu-Yorkdagi Rapid va Blis jahon chempionatida oʻynashga koʻndirish uchun 19 dekabr kuni otamga quyidagicha xabar yuborgansiz:
"Sizga va Magnusga shuni etkazmoqchiman: FIDE hamda Freestyle oʻrtasidagi tan olinish bilan bogʻliq qanday vaziyat boʻlmasin, oʻyinchilarga buning hech qanday salbiy ta'siri boʻlmaydi. Ular oʻzlari qaror qilishlari mumkin va FIDE hech qanday salbiy chora koʻrmaydi".
Oʻsha kuni keyinroq shunday qoʻshimcha qilgansiz: "Agar mening soʻzim FIDE Kengashi tomonidan buzilsa, men lavozimimdan ketaman".
Oʻyinchilardan qabul qilib boʻlmas darajadagi shartnomaga imzo chektirish bilan siz oʻz va'dangizni buzdingiz. Endi iste'fo berasizmi?", - deya yozdi norvegiyalik sportchi oʻzining "X"dagi sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, Karlsen besh karra jahon chempioni hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar