11:27 / 07.02.2025
46

Xaver Tebas: “Real”ning shikoyatlari La Ligaga zarar etkazmoqda

Xaver Tebas: “Real”ning shikoyatlari La Ligaga zarar etkazmoqda
La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real Madrid”ning “Espanol”ga qarshi oʻyindan soʻng Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga shikoyat arizasi yuborgani borasida keskin fikr bildirdi.

“Qirollik klubi” rahbariyati mazkur arizada mamlakatdagi hakamlik tizimini toʻliq yangilashni talab qilgan.

Tebas bu holatga quyidagicha munosabat bildirdi:
- "Real” oʻzini jabrlangan taraf sifatida koʻrsatishda davom etmoqda, bu esa haqiqatga mos kelmaydi. Ular bu harakatlari bilan La Ligaga zarar etkazishni maqsad qilgan. “Negreyra ishi” boʻyicha ham ular vaziyatni notoʻgʻri talqin qilishmoqda.

Albatta, Negreyra hakamlarning nufuzi va mavqeiga ta'sir oʻtkazgani isbotlangan, ammo hakamlarga pul berilgani hali aniqlanmagan. “Real” esa, hali ham oʻzini qurbon sifatida koʻrsatishda davom etyapti.

Ularning bu shikoyati musobaqa butunlay noxolis ekanini iddao qilishga urinishdan iborat. Menimcha, ularning “tomi ketgan”, — dedi Tebas.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport