![“Real” yulduzi Saudiyaga ketadimi? Taklif rad etib boʻlmas darajada](/uploads/posts/2025-02/01jk8hpfgf5r7rxqb7r5.webp)
Saudiyalik klublarning “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorni oʻz safiga qoʻshib olishga intilayotgani yangilik emas.
Yaqinda noma'lum klub braziliyalik yulduzga besh yillik shartnoma evaziga 1 milliard yevro miqdorida maosh taklif qildi.
RMC Sport jurnalisti Fabris Xokinsning xabariga koʻra, Vinisius Junior ushbu taklifning katta futbolchilarga qanday ta'sir qilayotganini tan olgan.
— Bu taklif har qanday futbolchini Saudiyaga borish haqida oʻylashga majbur qiladi, — degan u norasmiy suhbatda.
24 yoshli braziliyalik futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Agar Vinisius Saudiya Arabistoniga oʻtishga rozi boʻlsa, shayxlar “Real Madrid”ga shunday katta miqdorda tovon puli toʻlashga tayyor turibdiki, Madrid klubi bu taklifni rad eta olmasligi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar