07:54 / 12.02.2025
3 990

Gvardiola “Real”ga magʻlub boʻlish sababi va aybdori kim ekanini aytdi

Gvardiola “Real”ga magʻlub boʻlish sababi va aybdori kim ekanini aytdi
Evropa Chempionlar ligasi pley-off oʻtish bosqichining dastlabki oʻyinida “Manchester Siti” oʻz muxlislari koʻz oʻngida “Real”ni qabul qildi.

Garchi uchrashuvda Erling Xoland mezbonlarni ikki marotaba oldinga olib chiqqan boʻlsa-da, madridliklar gʻalabani ilib ketdi. Karlo Anchelotti shogirdlari urgan uchta gol Kilian Mbappe, Braim Dias va Jud Bellingem hisobiga yozildi.

Bellashuvdan keyin Xosep Gvardiola magʻlubiyat sababini aytib, javogarlikni oʻz zimmasiga oldi.

- Bunaqasi joriy mavsumda juda koʻp sodir boʻlmoqda. Haddan tashqari koʻp. Gap shundaki, bularning hammasi murabbiyning yomon qarorlari natijasidir. Bori shu.

Biz ijobiy natijani qoʻlga kiritishga juda yaqin turgan edik, lekin soʻnggi daqiqalarda gol oʻtkazib yubordik va hatto durangni ham ushlab qola olmadik, - dedi Xosep Gvardiola.

Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyaga ega boʻlgan yagona oʻzbek futbolchisi Abduqodir Husanov bu gal zaxirada qoldirildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport