
Italiya A Seriyasining 25-turida "Roma" safarda "Parma"ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni 33-daqiqada Matias Sule urdi. "Roma" himoyachisi Zeki Chelik esa eng yaxshi futbolchi deb topilib, 8.1 baho oldi.
Eldor Shomurodov ushbu oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 7.2 reyting oldi. U hujumda faol boʻlib, "Roma"ning oldingi chizigʻida muhim rol oʻynadi. Shuningdek, Matias Sule ham yaxshi oʻyin koʻrsatib, 7.9 baho bilan yakunladi.
"Parma"da eng past baho himoyachi Djovanni Leoni (5.3) ga berildi, chunki u jamoasini 31-daqiqada bir kishi kam qoldirdi. "Parma" darvozaboni Suzuki esa 7.1 bilan eng yaxshi natija qayd etdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar